Yangiliklar

Hurmatli omonatchilar!

Biznesni rivojlantirish banki orqali kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari jarayonlari boshlandi.

JORIY HOLAT YUZASIDAN MA’LUMOT!

Bugun soat 17:30 holatiga ko‘ra, agent-bank – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB orqali “Yangi bank” AJ omonatchilariga 116 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berildi.

KUNLIK AXBOROT!

Barcha jarayonlar Omonatlarni kafolatlash agentligi va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan doimiy nazoratga olingan!

Hurmatli omonatchilar!

Hozirgi bosqichda Sizdan “BRB” mobil ilovasini yuklab olib, belgilangan tartibda birlamchi identifikatsiyadan oʻtishingizni soʻraymiz! Biznesni rivojlantirish banki orqali kompensatsiya toʻlovlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi rasmiy xabar eʻlon qilinganidan soʻng

RASMIY BAYONOT

Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi qaroriga muvofiq “YANGI BANK” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi. Mazkur qaror bilan bank faoliyatini majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, tugatish komissiyasining tarkibi tasdiqlandi. Qonunchilikka muvofiq, mazkur holat kafolatlash hodisasi hisoblanadi. Hozirda bankni tugatish bilan bog‘liq jarayonlar belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

RASMIY XABAR

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyati faoliyati tugatilmoqda.

Koreya omonatlarni sug‘urtalash korporatsiyasi (KDIC) tomonidan O‘zbekiston Omonatlarni kafolatlash agentligi uchun o‘quv-trening tashkil etildi

Trening davomida koreyalik delegatsiya Koreya Respublikasida omonatlarni kafolatlash tizimining ishlash tajribasi, KDIC tashkil topishi va rivojlanish tarixi, shuningdek IT infratuzilmani shakllantirish va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash agentligi delegatsiyasining Lissabonda bo‘lib o‘tgan Omonatlarni sug‘urtalovchilar xalqaro tashkiloti (IADI)ning 24-yillik umumiy yig‘ilishidagi ishtiroki

O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash agentligi Bosh direktori rahbarligidagi delegatsiya joriy yilning 24–28-noyabr kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan Omonatlarni sug‘urtalovchilar xalqaro tashkiloti (IADI)ning 24-yillik umumiy yig‘ilishi va unga hamroh xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Omonatlarni kafolatlash tizimida raqamli transformatsiyaga start berildi!

Joriy yilning 18–21-noyabr kunlari O‘zbekiston Omonatlarni kafolatlash agentligiga Koreya Depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi (KDIC) va Koreya axborot texnologiyalari konsalting (KITC) kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Diqqat tanlovda ishtirok eting

Omonatlarni kafolatlash agentligi va Finlit.uz hamkorlikda video-tanlov eʼlon qiladi!

Butunjahon jamgʻarish kuni munosabati bilan jamoatchilikning omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisidagi xabardorligini va moliyaviy savodxonligini oshirish,  jamgʻarish koʻnikmalarini rivojlantirishdan maqsadida tanlov e'lon qilamiz.