HAFTALIK AXBOROT!
Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari agent-bank orqali belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.
Tugatish komissiyasi tomonidan Agentlikka omonatchilarga kompensatsiyalarni to‘lash maqsadida taqdim etilgan navbatdagi reyestr agent-bankka yo‘naltirildi.
Kliring jarayonida aniqlik kiritilgandan so‘ng mazkur reyestrga kompensatsiya to‘lanishi belgilangan 28 nafar omonatchi qo‘shimcha kiritilib, ular bo‘yicha jami 43,4 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi nazarda tutilgan.
Barcha jarayonlar Omonatlarni kafolatlash agentligi va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan doimiy nazoratga olingan!
Rasmiy ma’lumotlarni Omonatlarni kafolatlash agentligi va Biznesni rivojlantirish bankining rasmiy sahifalarida kuzatib boring.
