Omonatlarni kafolatlash agentligi delegatsiyasi Italiyada bo‘lib o‘tgan IADI Ijroiya kengashi va qo‘mitalari yig‘ilishda ishtirok etdi

O‘zbekiston Omonatlarni kafolatlash agentligi (OKA) delegatsiyasi Italiya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Mazkur safar Agentlikning xalqaro institutsional hamkorligini kengaytirish, IADIning yangi strategik tashabbuslari bilan yaqindan tanishish hamda omonatlarni kafolatlashning ilg‘or amaliyotini o‘rganish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

IADI Ijroiya kengashining 85-yig‘ilishida ishtirok

2026-yil 24–25-iyun kunlari Italiya banklari omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi (FITD) mezbonligida IADI Ijroiya kengashining 85-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda IADI rahbariyati, kotibiyat, Kengash a’zolari, qo‘mitalar rahbarlari va a’zo tashkilotlar vakillari ishtirok etdi

photo2026-07-0319-22-46.jpg

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq IADIning 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan strategik rejasini amalga oshirish holati, omonatlarni kafolatlashning Asosiy tamoyillari bo‘yicha qo‘llanmalarni yangilash va baholash metodologiyasini takomillashtirish, omonatlarni kafolatlash tizimida raqamlashtirish, moliyaviy innovatsiyalar va fintex yechimlarini joriy etish, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

img52332.jpg

IADI qo‘mitalari yig‘ilishlarida ishtirok

Xizmat safari doirasida Agentlik Bosh direktori IADI Ichki nazorat bo‘yicha kengash qo‘mitasi (ICCC) a’zosi sifatida qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda qo‘mitaning 2026-yil uchun ish rejasi ijrosi, IADI moliyaviy boshqaruvi va ichki nazorat tizimi samaradorligini ta’minlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

65c133bb-b42c-4a1b-afb9-e5acbb55e0f5.png

Shuningdek, Agentlik vakillari Siyosat boyicha kengash qomitasi (PCC), Amalga oshirish boyicha kengash qomitasi (ICC), Tahlil boyicha kengash qomitasi (ACC), Rejalashtirish boyicha kengash qomitasi (PCC) yigilishlarida kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ushbu yigilishlarda IADIning strategik tashabbuslari, baholash tizimini takomillashtirish, malumotlar almashinuvi va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan masalalar korib chiqildi.

FITD bilan ikki tomonlama uchrashuv

Xizmat safari doirasida Italiya banklari omonatlarini kafolatlash jamgarmasiFondo Interbancario di Tutela dei Depositi (FITD) rahbari boshchiligidagi delegatsiya bilan ikki tomonlama uchrashuv ham tashkil etildi. Uchrashuvda omonatlarni kafolatlash tizimi boyicha tajriba almashish, kompensatsiya tolovlarini amalga oshirish mexanizmlari, risklarni baholash hamda xodimlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

photo2026-07-0120-10-31.jpg

Muzokaralar yakunida Italiya banklari omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi (FITD) rahbariyati O‘zbekiston Omonatlarni kafolatlash agentligi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tomonlar ilg‘or tajribalarni almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma seminar va o‘quv tadbirlarini tashkil etish hamda ekspertlik hamkorligini kengaytirishga kelishdi. Erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida Agentlik va FITD o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini (Memorandum of Understanding – MOU) imzolashga kelishildi. Mazkur memorandum uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

photo2026-07-0120-12-25.jpg

Xizmat safari doirasida Agentlikning xalqaro maydondagi institutsional ishtiroki kuchaytirildi, yangi tahrirdagi Asosiy tamoyillarni joriy etish va baholash metodologiyasi yuzasidan amaliy ma’lumotlar olindi, raqamlashtirish va moliyaviy innovatsiyalarning omonatlarni kafolatlash tizimiga ta’siri o‘rganildi. FITD bilan erishilgan kelishuv esa Italiya tajribasini o‘zlashtirish uchun yangi hamkorlik yo‘nalishini ochdi.