Fond Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida bo'lib o'tgan IASD EARC yillik yig'ilishida ishtirok etdi.

 

 28-30-iyun kunlari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi direktori Nodir Abbosov boshchiligidagi delegatsiya Yevroosiyo MASD 2023 mintaqaviy qo‘mitasining tabaqalashtirilgan bonus tizimlari mavzusidagi yillik yig‘ilishida va xalqaro seminarda ishtirok etdi.

Turli tashkilotlar o‘z tajribalari, xususan, tabaqalashtirilgan bonus tizimini joriy etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur tizimning afzalliklari va kamchiliklari, uni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar va makroiqtisodiy omillar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir doirasida, shuningdek, ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik darajasini yanada oshirish maqsadida Fond Mo‘g‘ulistonning omonatlarni sug‘urtalash korporatsiyasi, Koreya omonatlarni sug‘urtalash korporatsiyasi va Vengriyaning omonatlarni sug‘urtalash milliy jamg‘armasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

earc.jpg