Omonatlarni kafolatlash agentligi jahon miqyosidagi SupTech yo'nalishida nufuzli kompaniya vakillari bilan uchrashdi

Joriy yilning 5-avgust kuni Omonatlarni kafolatlash agentligida Agentlik Bosh direktori Ulugbek Hamdamov hamda Regnology xorijiy kompaniyasi vakillariGarreth Scott va Michal Piechocki ishtirokida uchrashuv bolib otdi. Uchrashuv omonatlarni kafolatlash tizimini raqamli transformatsiya qilish boyicha xalqaro tendensiyalarni organish maqsadida tashkil etildi.

photo42026-08-0613-04-50.jpg

Uchrashuv davomida omonatlarni kafolatlash tashkilotlari faoliyatida qollanilayotgan zamonaviy raqamli yechimlar hamda boshqaruv platformalari taqdim etildi. Xususan, azo banklardan malumotlarni yigish va sifatini avtomatik tekshirish, omonatchilar reyestrini yuritish, kompensatsiya tolovlari jarayonlarini avtomatlashtirish, malumotlarni tahlil qilish, risklarni monitoring qilish hamda moliyaviy xavfsizlik tarmogi ishtirokchilari ortasida xavfsiz malumot almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

photo52026-08-0613-04-50.jpg

Muloqot davomida Agentlik tomonidan mazkur texnologik yechimlarning funksional imkoniyatlari, ularni amaliyotga joriy etish tajribasi hamda Ozbekiston omonatlarni kafolatlash tizimida qollash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

photo22026-08-0613-04-50.jpg
photo32026-08-0613-04-50.jpg

Omonatlarni kafolatlash agentligi transformatsiya jarayoni doirasida xalqaro ilgor tajribani organish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni tahlil qilish hamda ularni milliy omonatlarni kafolatlash tizimida qollash imkoniyatlarini baholash boyicha ishlarni izchil davom ettirmoqda.

photo12026-08-0613-04-50.jpg